Bu kun eng muhim,
Unutilmas bitiruvchi uchun.
Chunki har dilda quvonch va alam
Birga bugun. (yeah)

Bir umr esda qolarkan,
Bu notanish hislar, hayajon.
Nafaqat bilim berding,
Sen o`rgatding bizga
Kim yaxshi-yomon.

So`nggi, so`nggi qo`ngiroq,
Xayr sevgilim.
So`nggi bu, so`nggi qo`ngiroq,
Biz uchun endi.
So`nggi bu, so`nggi qo`ngiroq,
Nahotki endi seni ko`raman kamroq?

Bola edik, yo`q edi tashvish,
Yo`q edi qayg`u.
Tez o`tdi yillar,
Ulg`aydi biz bilan orzular.

Borgan sari ko`nikamiz endi
Kutishga, umid qilishga.
Har kuni ko`rsam ham, shoshar edim
Sevgilim, seni ko`rishga.

So`nggi bu, so`nggi qo`ngiroq,
Xayr sevgilim.
So`nggi bu, so`nggi qo`ngiroq,
Biz uchun endi.
So`nggi bu, so`nggi qo`ngiroq,
Nahotki endi seni ko`raman kamroq? (x1+x1)