ТЕКСТ ПЕСНИ: Nastarin mayda-mayda
Bog`imda nastarin bor,
Gullaydi har yil bahor.
Nastarin guli mayda,
Bunday gul bordir qayda?
Mayda, mayda, mayda,
Nastarin guli mayda.
Mayda, mayda, mayda,
Bunday gul bordir qayda?
Har shoxi bir guldasta,
Atridan dil payvasta.
Jimjimador gullari,
O`ynashar bog` yellari.
Nastarin gul qo`limda,
Qo`limdamas ko`nglimda.
Bog`imda nastarin bor,
Gullaydi har yil bahor.
Mayda, mayda, mayda,
Nastarin guli mayda.
Mayda, mayda, mayda,
Bunday gul bordir qayda?