Текст песни Sahro — Sahroingman

Hayotim ma’nosiga
Bir zumda aylanding.
Taqdirimga bir tamg`a
Misoli joylanding.

Beg`uboriy tuyg`ular,
Ifori mast etar.
Ayni shu baxtli onlar
Meni sen tomon chorlar.

Sahroyingman sening,
Zulmating yoritay.
Sahroyingman, yuraging
Zarbini his etay.

Sog`inganingda darding men o`zim,
O`ylaganingda xayoling men o`zim.
G`amlaringda ko`z yoshing men o`zim,
Yagona muhabbating menman o`zim.

Isming, jisming, vujuding, sevging,
Sendan yo`q o`zga so`ylar so`zim.
Hayotimda paydo bo`lding,
Ravon yo`lim ado qilding.

Qora tunlardan halos etding,
Yorug`likni menga ko`rsatding.
Mening farishtam, mening sevgim,
Bir umrga seni yor dedim.

Borim sen uchun, izhorim sen uchun,
Nomingla yashayman tunu-kun.
Birgina seniki mening baxtim,
Bir baxt, bir yor, sevgilim.

Sahroyingman sening,
Zulmating yoritay.
Sahroyingman, yuraging
Zarbini his etay. (x1+x2)