Текст песни Yulduz Usmonova — Aylanaman

Yulduz uchdi, titradi osmon,
Yerda kimdir ketdi.
Biz yo`ldamiz, kimdir begumon
Manzilga yetdi.

Bu dunyo yashnar, bo`lmas sahro
Yaxshilar mehridan.
Odamzot yashar, to`ymas aslo
Hayot sehridan.

Aylanar, kun va tun aylanar
Abadiy.
Aylanar, kun va tun aylanar
Abadiy, abadiy.

Abadiy… Abadiy…

Kecha tindi, uyg`ondi zamin,
Kimdir boshlar qo`shiq.
Olam kimning ko`ziga rangin,
Kim yana oshiq?

Bu hayot shunday oqar daryo,
Oqadi hech tinmay.
Erta bugunday kelar, ammo
O`zga butunlay.

Aylanar, bu gardun aylanar
Abadiy.
Aylanar, kun va tun aylanar
Abadiy. (x2)

Abadiy… Abadiy…

Aylanar, kun va tun aylanar
Abadiy.
Aylanar, kun va tun aylanar
Abadiy. (x2)

Abadiy… Abadiy… Abadiy…