ТЕКСТ ПЕСНИ Ummon — tola

*Zohid*
Yuzta toladan qoldi bir tola
Qolgani bo’ldi kul yona yona
Tushinmoqdamisan yana qoldi oz
So’zlarimga etibor ber biroz
*****
Qoldi so’ngi tola, bizni bog’lab turgan tola
Deyarli to’ldi sabr qara ko’ngillar jar yoqasida
Qoldi so’ngi tola, bizni bog’lab turgan tola
Deyarli to’ldi sabr qara turibmiz jar yoqasida
*Jasur*
Yuzta qadamdan qoldi bir qadam
Qadamlar ortida to’la alam
Alamlar ustida sening izing
Ishonchimning ustidan bosib kelding
*Shoxrux*
Oxir baribir uzilib ketdi so’ngi tola
Nahotgi yuraginga yetib bormadi ichimdagi nola
Qosh ko’zlari qora, yuragimdagi yagona, sabr to’ldi yolvora
Borgan sari ko’payib ketdi, sendagi bu yurishlar
Hayotinga yana qo’shilib ketdi kimlar
Gar bir kun kelib sog’insang sen menga emas men senga aytgan so’zlarimni esla
*****
Qoldi so’ngi tola, bizni bog’lab turgan tola
Deyarli to’ldi sabr qara ko’ngillar jar yoqasida
Qoldi so’ngi tola, bizni bog’lab turgan tola Deyarli to’ldi sabr qara turibmiz jar yoqasida