ТЕКСТ ПЕСНИ:

Tun menga berar azob…
Sen, quyoshim, botmagin.
Shu azobda uxlasam,
Yolvoray, uyg‘otmagin.
Hamma meni sotganda
Sen ham meni sotmagin.
Tun menga berar azob,
Sen, quyoshim, botmagin.

Gulga qo‘lim uzatsam,
Tikonlari sanchildi,
Yarim ko‘nglim yolg‘ondan
Ado bo‘ldi, yanchildi.
Zulmatga qo‘yma meni,
Dardday sen ham endi.
Tun menga berar azob,
Sen, quyoshim, botmagin.

Yolg‘izdurman dunyoda,
Mening sirdoshim yo‘qdur,
Yorning har yolg‘oniga
Chidar bardoshim yo‘qdur.
Endi mening ko‘ksimda
Yonar quyoshim yo‘qdur.
Tun menga berar azob,
Sen, quyoshim, botmagin.
Shu azobda uxlasam,
Yolvoray, uyg‘otmagin.

Qora tunlar qahrini
Kim ham bilar mendayin,
Yolg‘on vafo jabrini
Kim ham bilar mendayin?
Sening hech botmasliging
Kim ham tilar mendayin?
Tun menga berar azob,
Sen, quyoshim, botmagin.

Теги ,

Оставить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*
*

Топ 5 Прослушиваемые

Новые песни