Текст песни Mirjamol & Ziyoda — O’rgilay

[Ziyoda]
O`ylarimda, xayolimda,
Tun-kunimda savolimda,
Uzun yo`lda, ko`z oldimda,
Ko`rgim kelar har onimda.

[Mirjamol]
Sensan bahorim, sensan ozorim,
Xayolda so`zing, yurakda o`zing.
Shirin so`zimsan, qaro ko`zimsan,
Bo`lgim kelar senla baxtli.

[Ziyoda va Mirjamol]
Mana-mana, mana-mana keldim yoningga,
Aylanay o`zim,
Mana-mana, mana-mana sevdim jonimdan,
O`rgilay o`zim. (x2)

[Ziyoda]
Erkaligim o`zimga mos,
Sho`xliklarim o`zimga xos.
Senga aytar so`zlarim bor,
Baxtli bo`lsak bir umrbod.

[Mirjamol]
Sog`inchim ko`zda, sevinchim so`zda,
Musaffo sevgim doim qalbimda.
Erkatoyim, vafoli yorim,
Muhabbatimiz bir umr bizga.

[Ziyoda va Mirjamol]
Mana-mana, mana-mana keldim yoningga,
Aylanay o`zim,
Mana-mana, mana-mana sevdim jonimdan,
O`rgilay o`zim. (x2)

[Mirjamol]
Sen mening hayotimda borimsan,
Borimsan, borimsan.
Yuragimdagi vafoli yorimsan,
Yorimsan, yor-ey. (x2)

[Ziyoda] Mana-mana, mana-mana keldim yoningga,
[Mirjamol] Aylanay o`zim,
[Ziyoda] Mana-mana, mana-mana sevdim jonimdan,
[Mirjamol] O`rgilay o`zim.

[Ziyoda] Mana-mana, mana-mana keldim yoningga,
[Ziyoda va Mirjamol] Aylanay o`zim,
[Ziyoda] Mana-mana, mana-mana sevdim jonimdan…

[Ziyoda va Mirjamol]
Mana-mana, mana-mana keldim yoningga,
Aylanay o`zim,
Mana-mana, mana-mana sevdim jonimdan,
O`rgilay o`zim. (x2)