ТЕКСТ ПЕСНИ

Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,
So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.
Go‘zaldursan barcha qoshi kamonlardan,
Jonim, seni asragayman yomonlardan.
Sadoqatda meningdayin oshig‘ingni
Topolmassan Andijonu Surxonlardan.
Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,
So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.
Jon hovuchlab uzun-uzun kiprigingdan,
Bormoqdaman visolning qil ko‘prigidan.
Cho‘chimasman jabru jafo, azoblardan,
Qo‘rqadurman xaridoring ko‘pligidan.
Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,
So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.
Qora qoshing qilich bo‘lib sabrim kesar,
Oydin yuzing to‘lin oyning yuzin to‘sar,
Har qarashing qayta-qayta qul yod etgan
Ko‘nglim uyin bo‘ron kabi kelib buzar.
Kelgin, gulim, erkalagin, bog‘ bo‘layin,
So‘zlaringdan shifo topib sog‘ bo‘layin.

Оставить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*
*

Топ 5 Прослушиваемые

Новые песни