Текст песни Alisher Fayz — Iltijo

Yaratganim, o`zing ber imkon,
Orzularim ro`yob bo`lguncha,
Onamni sog` tut, meni ham omon,
Men onamni rozi qilguncha.

Onamni sog` tut, meni ham omon,
Men onamni rozi qilguncha.

Fursat o`tib ketmasmu deyman,
Armon o`zib ketmasmu deyman?
Sendan sabot, umr tilayman,
Men onamni rozi qilguncha.

Yaratganim, o`zing ber imkon,
Orzularim ro`yob bo`lguncha,
Onamni sog` tut, meni ham omon,
Men onamni rozi qilguncha.

Onamni sog` tut, meni ham omon,
Men onamni rozi qilguncha.

G`amlar quvib, yetib olmasin,
O`kinch dilga g`ulu solmasin,
Yuragimda armon qolmasin,
Men onamni rozi qilguncha.

Yuragimda armon qolmasin,
Men onamni rozi qilguncha.
Rozi qilguncha…

Yaratganim, o`zing ber imkon,
Orzularim ro`yob bo`lguncha,
Onamni sog` tut, meni ham omon,
Men onamni rozi qilguncha.

Onamni sog` tut, meni ham omon,
Men onamni rozi qilguncha.
Rozi qilguncha…