Текст песни Mirjamol — Afsus

Rad etish uchun shoshilding nechun,
Voz kechar bo`lding tuyg`ularingdan.
Insonlar bir birin bilib olish uchun
Hatto bir fursat yetadi ba’zan.

O`ylab ko`rdingmi, imkon berdingmi,
Yangi ko`z ochgan muhabbat uchun?
Oradan yil o`tib, kunu tun almashib,
Mehrim yetmasdan bo`lasan mahzun.

Bilaman, bilaman afsuslanasan
Ko`zga yosh olganda.
Bilaman, bilaman afsuslanasan
Tunlar uyg`onganda.

Bilaman, bilaman afsuslanasan
Armonga to`lganda.
Bilaman, bilaman afsuslanasan,
Ammo kech bo`lganda.

Savol berasan, javob olmaysan,
Qalbingni qiynar shubha-gumonlar.
Balki sen men bilan beg`ubor yasharding,
Ammo bu savol javobsiz qolar.

Bir birimizga tog`ri kelmaymiz,
Degan gaplarni so`zlading qaydan?
Sinab ko`rmasdan, imkon bermasdan,
Tahminan so`zlashni o`rganding kimdan?

Bilaman, bilaman afsuslanasan
Darding aytolmasang.
Bilaman, bilaman afsuslanasan
Baxtli bo`lolmasang.

Bilaman, bilaman afsuslanasan
Sen meni o`ylasang.
Bilaman, bilaman afsuslanasan
Bu kunni eslasang.

Bilaman, bilaman afsuslanasan
Ko`zga yosh olganda.
Bilaman, bilaman afsuslanasan
Tunlar uyg`onganda.

Bilaman, bilaman afsuslanasan
Armonga to`lganda.
Bilaman, bilaman afsuslanasan,
Ammo kech bo`lganda.

Bilaman, bilaman afsuslanasan
Darding aytolmasang.
Bilaman, bilaman afsuslanasan
Baxtli bo`lolmasang.

Bilaman, bilaman afsuslanasan
Sen meni o`ylasang.
Bilaman, bilaman afsuslanasan
Bu kunni eslasang.