Ummon

Ummon

UMMON Guruhi БИОГРАФИЯ

„Ummon“ Zohid Rixsiyev tomonidan tuzilgan musiqiy guruh. Guruh 2007-2008 yillarda Sokin tun qoʻshigʻi bilan shuhrat qozondi. Guruhning uch aʼzosi bor Zohid Rixsiyev, Shohruh Isamuhammedov va Jasur Rafiqov.

Ummon guruhi auditoryasi asosan yoshlar uchun moʻljallangan. Ummon guruhi 2007 yilda 3 yigitning qoʻshiq ijro etishga qiziqishi natijasida havaskor guruh sifatida tashkil topgan.Boshida ular guruhni nomini „Jazo“ deya nomlashgan.Bu nom koʻpchilikka yoqmaganligi sababli „Ummon“ga oʻzgartirishgan.Guruh sifatida ularning ilk qoʻshigʻi „Sevaveraman“.Ummon guruhi hozirgi kunga Oʻzbekistonda 1-raqamli guruhga aylandi.

Guruhning birinchi konserti 2010-yil 18-sentabrda „Turkiston“ yozgi saroyida, ikkinchisi 2011-yil 1-iyun „Istiqlol“ sanʼat saroyida 2 seansda, uchinchisi 2011-yil 17-sentabrda „Turkiston“ yozgi saroyida boʻlib oʻtgan. Ummon guruhi 1,2-sentabr kunlari „Istiqlol“ sanʻat saroyida „Hammamiz birga“ nomli konsert dasturini muhlislarga ulashishdi.

Ummon guruhining ma’muri Doniyor Alimuhamedov.

Музыки