Na qilay, go’zalim vaslinga men yetolmasam?
Qora ko’zlaringda o’zimni men ko’rolmasam?
Shoshma jonim, tingla mening aytar so’nggi so’zim:
Sog’inib yashayman men seni yorim.

Yana sog’inayin seni,
Doim men kuylayin seni,
Meni unutmagin, jonim, unutmagin
Meni hech qachon. (x2)

Dil notinch, yagonam mendan ancha yiroqdadir,
Uzatsam qo’llarim yetmas, uzoq makondadir.
Sevgilim sening baxtiyorliging menga zarur,
Sog’inib yashayman men seni yorim.

Yana sog’inayin seni,
Doim men kuylayin seni,
Meni unutmagin, jonim, unutmagin
Meni hech qachon. (x2)
Meni hech qachon.

Yana sog’inayin seni,
Doim men kuylayin seni,
Meni unutmagin, jonim, unutmagin
Meni hech qachon. (x2)