ТЕКСТ ПЕСНИ: Sanamgina

Olov yashar yuragimda, alam qani,
Bir tasalli yoki yupanch, malham qani,
Qish chillasi qaqshatadi, ko`klam qani,
Qoshi qora, ko`zi qora qalamgina.

Menga aytgan qo`shiqlari yolg`on ekan,
Yo hammasi esdan chiqib qolg`on ekan,
Sarvi bo`yni majnuntoldan olg`on ekan,
Qoshi qora, ko`zi qora qalamgina.

Yondiradi, kuydiradi sanamgina,
Qoshi qora, ko`zi qora qalamgina.
Yondiradi, kuydiradi Санамгина,
Qoshi qora, ko`zi qora qalamgina. (x2)

Ey, kipriklarin nayzasiga fido bo`lay,
Ko`z uchida qaraganda ado bo`lay,
Sevaman, deb pichirlagan sado bo`lay,
Qoshi qora, ko`zi qora qalamgina.

O, mohim mening, mohlardan ham suyugimsiz,
Topganim, talpinganim, buyugimsiz,
Kuygan dilim bir parchasi, kuyugimsiz,
Qoshi qora, ko`zi qora qalamgina.

Yondiradi, kuydiradi Санамгина,
Qoshi qora, ko`zi qora qalamgina.
Yondiradi, kuydiradi Санамгина,
Qoshi qora, ko`zi qora qalamgina. (x2+x3)

 

Оставить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*
*

Топ 5 Прослушиваемые

Новые песни