ТЕКСТ ПЕСНИ:

Jonim asir zulfingdagi ilmoqlaringda,
Ilmoq emas, dil ilingan qarmoqlaringda. (x2)
Jon rishtasi gajjak-gajjak tarmoqlaringda,
Yo hayhotki zulfiyodek o`roqlaringda,
Yo o`roqning shaklidagi so`roqlaringda-yey.
Jonim-asir zulfingdagi ilmoqlaringda, ilmoqaringda.

Sani sevdim ham aqlim-u jonimdan kechib,
Umid bog`lab visolingga, orzuim sochib. (x2)
Ishq otashi dil darchamda raxini ochib,
Ilk muhabbat olam aro nurini sochib,
Sevgi shami yondi o`shal qaroqlaringda-yey.
Jonim-asir zulfingdagi ilmoqlaringda, ilmoqaringda.

San yondirgan sham emasdur – iliklarimdur,
Sollanyotgan jon tomirim piliklarimdur. (x2)
Tirnoqlarim sohil payvast ko`priklarimdur,
Ayvoningda ustun bo`lgan kipriklarimdur,
Nigohlarim naqshi bo`ldi ravoqlaringda-yey.
Jonim asir zulfingdagi ilmoqlaringda, ilmoqaringda.

Rishta bo`lsin jonim uzra kokiling, gul yuz,
Savsan kabi sollon yana, ey ko`zi qunduz.
Ko`zlarimning mardumida nigohing kunduz,
Xushnud derki, sani sevib to hali-hanuz:
Tole topay mayli o`shal qiynoqlaringda-yey.

Jonim asir zulfingdagi ilmoqlaringda, ilmoqaringda.
So`roqlaringda-yey, so`roqlaringda.

Теги

Оставить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*
*

Топ 5 Прослушиваемые

Новые песни