Humoyun Mirzo — Yurak qoshiq matni

Yig`laydi sani so`rab,
Xo`rsinar asta yurak.
Og`riydi yolg`iz qo`msab,
Bechora xasta yurak. (x2)

Xo`rlangan, ba`gri qonsan,
Mehr ko`rmagan jonsan.
So`lgan gulsan, xazonsan,
Bechora xasta yurak.

Uyqu yo`q bedor,
Bemador bemor.
O`ksinma behol,
Xasta yurak. (x2)

Sevgi bir alanga, cho`g`,
Ko`ngilda jarohat, o`q, (x2)
Dardingning davosi yo`q,
Bechora xasta yurak.

Ahad Qayum giryondir,
Butun umri armondir,
Yulduzi yo`q osmondir,
Bechora xasta yurak.

Uyqu yo`q bedor,
Bemador bemor.
O`ksinma behol,
Xasta yurak. (x2)

 

Оставить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*
*

Топ 5 Прослушиваемые

Новые песни