ТЕКСТ ПЕСНИ: Dunyo

So’zim tingla, dunyo bir muddat,
Bunchalar ham ishlaring g’alat? (x2)
Yaxshilarni g’amlarga ko’mib,
Yomonlarga qilding muruvvat. (x2)

Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Kimni xo’rlab, kimni suyasan, yorug’ dunyosan.
Dunyo, dunyo, nohaq dunyosan,
Qadamingni qandoq qo’yasan, nohaq dunyosan.

Bo’lsa agar ko’zlaring ochiq,
Qilmishingga bir-bir boqib chiq. (x2)
Dunyo bo’lsang, keng bo’lgin dunyo,
Va barchaga teng bo’lgin, dunyo! (x2)

Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Kimni xo’rlab, kimni suyasan, yorug’ dunyosan.
Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Qadamingni qandoq qo’yasan, yorug’ dunyosan.

Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haq so’z – xor qiladursan. (x2)
Egrilarga eshmisan, so’zla,
Nechun g’alat kor qiladursan? (x2)

Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Tarozingni qanday qo’yasan, yorug’ dunyosan.
Dunyo, dunyo, bir kam dunyosan,
Kimni xo’rlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan.

Dunyo, dunyo, haqsiz dunyosan,
Qadamingni qandoq qo’yasan, nohaq dunyosan!

Теги

Оставить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*
*

Топ 5 Прослушиваемые

Новые песни